Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen O‘zbekiston va Yevropa misli ko‘rilmagan darajada bir-biriga yaqinlashganini ta’kidladi. “Sherikligimizning eng yaxshi kunlari hali oldinda”, — dedi u “O‘zbekistonda Yevropa iqtisodiyoti kunlari” biznes-forumining ochilish marosimidagi videomurojaatida.
Shavkat Mirziyoyev Ursula fon der Lyayenni Yevrokomissiya prezidentligiga qayta saylangani bilan tabrikladi. O‘zbekiston tez orada Yevropa Ittifoqi bilan Kengaytirilgan hamkorlik va sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolamoqchi. Qolaversa, Samarqandda “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” sammiti o‘tkazilishi mumkin.
YI mamlakatlari liderlari ittifoq rahbarligiga nomzodlarni ma’qulladi. Ursula fon der Lyayenni Yevrokomissiya prezidenti lavozimida saqlab qolish taklif etildi. Portugaliya sobiq bosh vaziri Antoniu Koshta Yevropa kengashi rahbari etib saylandi. Estoniya bosh vaziri Kai Kallas YeI diplomatiyasi rahbari bo‘lmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting